Dastgohli akademik rangtasvir va kompozitsiya *

DARK Dastgohli akademik rangtasvir va kompozitsiya *

Dastgohli akademik rangtasvir va kompozitsiya fani o`qitilishining asosiy maqsadi – kelajakda tasviriy san’at o‘qituvchisini rangtasvir fani nazariyasi va amaliy ko‘nikmalar bilan qurollantirish, ijodiy qobiliyatini o‘stirishdan, tasviriy san’at bo‘yicha nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, hamda pedagogik faoliyatga puxta tayyorlashdan iboratdir.

 Mazkur vanning vazifasi bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini badiiy jihatdan tarbiyalash, ularning badiiy didlarini yuksaltirish, tasviriy san’at asarlari bilan chuqur tanishtirish, ularni nafosatga bo‘lganqiziqishlarini yuksaltirish, tasviriy san’at asarlarini ko‘rish va tushunish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat. Shuningdek, bo‘lajak rassom-pedagoglarda atrof muhitdagi barcha shakllarni ko‘rib-kuzatish, tahlil qilib to‘g‘ri tasvirlash, atrof-muhitni, borliqni idrok etish, rang sezish, rangtasvir asarlarini yaratish malakalarini shakllantirishdan iboratdir. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilari realistik rangtasvir ishlash va egallagan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni yoshlarga borliqni haqqoniy obrazlarda ifoda etishga o‘rgatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.